

AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, murabbiylar shtabi bilan yarashish imkoniyati bo'lishiga qaramay, Ronaldu Portugaliyani tark etgan. Futbolchi bor e'tiborini klubdagi majburiyatlariga qaratgan va juma kungi bahsgacha optimal sport formasiga kirishni istamoqda.
Ronalduning milliy terma jamoa qarorgohini tark etish sabablari hamon noma'lumligicha qolmoqda. Ushbu vaziyat "Krishtianu ishi" nomini oldi, biroq Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush ham, futbolchining o'zi ham yuz bergan hodisa tafsilotlarini ommaviy tarzda ochiqlamadi. Avvalroq murabbiy vaziyatga bir yo'la oydinlik kiritib olish maqsadida futbolchi bilan uchrashishga tayyor ekani xabar qilingan edi.
41 yoshli hujumchining asosiy maqsadi hamon tarixiy 1000 talik gol dovoniga qarab harakatni davom ettirishdan iborat bo'lib qolmoqda.



