"Mirabror Usmonov Cup". Ikkinchi turdan so'ng jadvalda vaziyat qanday?

Iskandarov Abdulaziz
5 okt 2026, 09:20
"Mirabror Usmonov Cup" turniri qizg'in pallada.

Turnirning 2-turidan o'rin olgan har ikki uchrashuv ham asosiy vaqtda durang natija bilan yakunlandi. Turnir reglamentiga ko'ra, bahs durang bilan tugagan taqdirda g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.

Armaniston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g'alaba qozondi.

Rossiya - Armaniston 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:5

photo_2026-10-05_09-16-12.jpg

O'zbekiston U-20 terma jamoasi esa penaltilar seriyasida 4:1 hisobida zafar quchib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:2

Penaltilar seriyasi: 1:4

Eslatib o'tamiz, turnirning final uchrashuvi 6-oktabr kuni 17:00 da Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати