Portugaliya - Norvegiya: Tarkiblar ma'lum

4 okt 2026, 22:46
Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari maydonga tushadigan tarkiblarni e'lon qilishdi.

Bugun, 4 oktyabr kuni Millatlar ligasi (A ligasi) guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv Portu shahridagi "Dragau" stadionida o'tkaziladi. Bahsda italiyalik Mauricio Mariani bosh hakamlik qiladi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Portugaliya: Koshta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Palinya, Vitinya, Konseysau, Fernandesh, Feliks, Ramush.

Norvegiya: Selvik, Ayer, Estigor, Myoller Volfe, Eursnes, Edegor, Berge, Berg, Xoland, Nusa, Shelderup.

Uchta o'yindan so'ng Portugaliya terma jamoasi to'qqiz ochko jamg'arib, 4-guruh turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Norvegiya esa uch ochko to'plagan holda uchinchi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia