

“Bu final haqida shunchalik ko'p gapirilganki, men deyarli har kuni shu mavzuga duch kelaman. Nazarimda, bu men uchun eng muhim o'yin bo'lgan, chunki o'sha paytga qadar men hech qachon Yevropa chempionlar kubogini yutolmagandim. Bu maqsadga erishmasdan turib faoliyatni yakunlash juda ham noxush holat bo'lardi.
Men hamisha bu sovrinni o'zimda yetishmayotgan eng oliy yutuq deb bilganman. Lekin birinchi navbatda eslaydigan o'yinlarim futbolning o'zidan ko'ra ko'proq insonlar bilan bog'liq”, - deya Fergyusonning so'zlarini keltiradi The Observer.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi finalida “Manchester Yunayted” qo'shib berilgan daqiqalrgacha “Bavariya”ga imkoniyatni boy berib kelayotgan edi, biroq uchrashuv so'nggida inglizlar ikki marotaba gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Dastlab, 91-daqiqada Teddi Sheringem hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib, Ule-Gunnar Sulsher g'alaba to'pini kiritgan.



