

Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa ma'lum qildi.
"Federatsiya, murabbiy, barcha jamoadoshlari bir xil fikrda: biz Krishtianuning qaytishini xohlaymiz. U ham qaytishga tayyor. Noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytidayoq uning qaytishini kutyapman", – dedi Proensa.
Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Daniyaga qarshi o'yin arafasida, 30 sentyabr kuni Kopengagenda bosh murabbiy Jorji Jezush bilan yuz bergan kelishmovchilikdan so'ng terma jamoa qarorgohini o'zboshimchalik bilan tark etgandi. Krishtianu Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushmadi va murabbiyni o'yin vaqti bo'yicha og'zaki kelishuvlarni buzganlikda aybladi. Keyinchalik Ronaldu terma jamoadan kyetib qolgani uchun uzr so'radi va milliy jamoada o'ynash istagini saqlab qolgan holda har qanday jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.


