

- Biz hammamiz muzokaralar stoli atrofidamiz. Sardorimizni qaytarish istagi juda yuqori. Odatiy intizomiy jarayon o'tkaziladi va mustaqil organlar holatga baho berishadi. Hozirda, avvalambor, Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan sardorni imkon qadar tezroq qaytarish xohishi mavjud. Bu istak milliy jamoamiz bosh murabbiyi tomonidan ham bildirildi - u sardorimiz maydonga tushishga tayyor ekan, biz bilan birga bo'lishini ta'kidladi. Shu sababli, hozir xotirjamlik va vazminlikka chaqiradigan vaqt. Biz o'z ishimizni qilyapmiz, chunki bu jamoaviy istakdir, - deydi Proensaning so'zlarini Record nashri.
Ronaldu Millatlar ligasi 3-turidan o'rin olgan Daniyaga qarshi bahs (4:2) oldidan, bosh murabbiy Jorje Jezushning nizo yo'qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.



