Shmeyxel: “Manchester Siti”dan 5 mavsum davomida 25 ochkodan olib tashlanishi, xo'jayinlari esa klubni sotishga majbur qilinishi kerak"

Sherzod Nurmatov
13 okt 2026, 14:30
"Manchester Yunayted" sobiq posboni Peter Shmeyxel moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo'yicha "Manchester Siti"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan jazo yuzasidan fikr bildirdi.

25 sentyabr kuni mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha 115 ta ayblov bandidan 114 tasida aybdor deb topdi. Shu bilan birga, aniq sankciyalar hozircha tasdiqlanmagan. Klub apellyaciya berishi kutilmoqda.

"Menimcha, albatta, ularni Premer-ligada qoldirish kerak. Ammo keyingi 5 yil davomida Premer-ligadagi har bir mavsumni ular minus 25 ochko bilan boshlashlari lozim.

Bu qolgan barcha uchun doimiy eslatma bo'ladi: agar Premer-ligada firibgarlik qilsang va boshqa barcha klublarni aldasang, jazo og'ir bo'ladi. O'ylaymanki, bu juda muhim: 5 yillik transfer taqiqi va yirik jarima.

Shundan so'ng, menimcha, xo'jayinlarni klubni sotishga majbur qilish kerak. Ularning bu futbol klubini boshqarishga loyiq ekanligiga ishonmayman va umuman ular Angliyada futbol klubini boshqarishlari kerak emas deb hisoblayman.

Shuningdek, bu ishga aloqador bo'lganlarning barchasini chetlatish kerak deb o'ylayman. Ular futbolda ishlamasliklari lozim. Sovrinlarni tortib olish yoki ularni qoldirish esa - nazarimda, pirovardida bu katta ahamiyatga ega emas", – dedi Shmeyxel.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News