

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri dunyoning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga 30 nafar da'vogar ro'yxatiga kiritildi.
- Sening favoriting kim?
- Men har doim "Oltin to'p" birinchi nigohdangina seni "Vau!" deyishga majbur qiladigan o'yinchiga berilishi kerak deb hisoblaganman. Bu futbol tarixida qolishga loyiq bo'lgan yulduz. Agar o'yin vaqtida ekrandan ko'z uzmaslikka majbur qiladigan o'yinchi bo'lsa, bu - Lamin.
Albatta, Mbappe va Keyn ajoyib mavsum o'tkazishdi, ammo Lamin - bu futbolning aynan o'zi. Buning ustiga u Jahon chempionatida g'alaba qozondi.
Jahon chempionati o'tkaziladigan yillarda turnirdagi g'alaba "Oltin to'p" uchun kurashda har doim hal qiluvchi rol o'ynaydi, - dedi Yamal bilan birga "Barsa"da to'p surgan Feliks.



