Feliks: "Yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yin doimo qiyin kechadi"

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 12:20
Portugaliya terma jamoasi vingeri Joau Feliks Millatlar Ligasi doirasida Uels ustidan qozonilgan g'alabani (1:0) izohladi.

"Oson bo'lmasligini bilardik. Uels - yaxshi jamoa. Yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yin doimo qiyin kechadi. Mashg'ulotlarda uning taktik g'oyalarini ishlab chiqish uchun vaqtimiz kam bo'ldi, biroq yaxshi o'ynadik va maqtovga loyiqmiz", – dedi Feliks.

27 sentyabr kuni Portugaliya Osloda Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi, Uels esa Kopengagenda Daniya bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com