Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatida erishmoqchi bo'lgan ikkita maqsadini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2026, 23:01
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatida erishmoqchi bo'lgan ikkita maqsadini aytdi.

"Mening maqsadim - 1000-gol va Millatlar ligasidagi g'alaba. Bu yangi era va biz murabbiy Martinesni uchragan barcha tanqidlariga qaramay, qilgan mehnati bilan tabriklashimiz kerak. Hozir esa bizda hamma taniydigan murabbiy Jorje Jezush bor va hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman", - Ronalduning so'zlarini keltiradi Record.

Avvalroq milliy terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush futbolchining Millatlar ligasi 1-turidan o'rin olgan Uelsga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishini tasdiqlagan edi. Uchrashuv payshanba, 24 sentyabr kuni "Joze Alvalade" (Lissabon, Portugaliya) stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record