

"Agar Portugaliya endi menga tayanishni istamasa, bugunning o'zida ketishim mumkin. Bu men uchun muammo emas.
Ammo agar ular menga tayanishsa, men ham ularga tayanaman. Portugaliya xalqi ham menga ishonadi. Shuning uchun terma jamoada o'ylashda davom etyapman.
2028 yilgi Yevropa chempionatiga boramanmi? Men hozirgi kun haqida o'ylayapman. Ko'pchilik hoziroq ketishimni xohlashini bilaman, ammo meni harakatlantirayotgan narsa - hali ham o'yinlarimni ko'rishni istaydigan insonlar", - dedi 41 yoshli hujumchi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003 yil avgustidan buyon o'ynab kelmoqda. U milliy jamoa safida 233 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatma bergan.
Hujumchi Portugaliya bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida g'olib chiqqan.



