

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres bitimni maqullaganidan so'ng klublar ehtimoliy transfer yuzasidan og'zaki muzokaralarni boshlab yuborgan. Takidlanishicha, "Real" yarim himoyachi uchun 50 million evrodan ortiq mablag' to'lashga tayyor. APLning o'tgan mavsumida Rodri 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. JCH-2026da u Ispaniya terma jamoasining barcha sakkizta o'yinida ishtirok etdi va turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



