Rodri bir qarorga keldi - Djeykobs

25 iyul 2026, 09:25
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Angliya klubi rahbariyatiga faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirish istagi borligini ma'lum qildi.

Bu haqda jurnalist va insayder Ben Djeykobs ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, futbolchi sport va oilaviy sabablarga ko'ra shu yozda Madridga ko'chib o'tish niyatida ekanini klubga etkazgan. Takidlanishicha, "Manchester Siti" futbolchini tarkibda olib qolishga ko'ndirish maqsadida u bilan muloqot olib bormoqda.

Rodrining Angliya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi. Bir yildan so'ng u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo'ladi. Yarim himoyachi taklif qilingan yangi shartnomaning sifatli variantlarini rad etdi. Angliyadagi faoliyati davomida Rodri barcha musobaqalarda 298 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 32 ta golli uzatma berdi. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. 2026 yilgi jahon chempionatida xavbek Ispaniya terma jamoasi safida sakkizta o'yin o'tkazib, jahon chempionligi unvonini qo'lga kiritdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/JacobsBen