UEFA Infantinoning JCHdagi ulushlarni sotish rejalari haqida: "Bu chegaradan chiqish"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 11:59
UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning jahon chempionatidagi ulushlarni sotish rejalari yuzasidan bayonot berdi.

"Bu futbolni boshqaruv organlari hech qachon bosmasligi kerak bo'lgan chegaradan chiqishdir. UEFA bunga o'ta jiddiy qaraydi. Barcha milliy futbol assotsiatsiyalari ham shunday qilishi kerak. Barcha manfaatdor tomonlar ham shunday munosabatda bo'lishi kerak: ligalar, klublar, o'yinchilar, muxlislar, hukumatlar va futbol kelajagiga befarq bo'lmagan har bir kishi.

Futbolning ruhi va uni boshqarish tizimi – savdo qilinadigan aktiv emas, ayniqsa moliyaviy foydani kim olishi borasida shaffoflik to'liq bo'lmaganda. Hech birimiz futbolning egasi emasmiz. Va FIFA uni sotishga haqli emas", – deyiladi UEFA bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA