

Mersisaydliklarning rasmiy sayti xabar berishicha, yangi dizayn "Liverpul"ning 1980-yillar o'rtalaridagi safar to'plamlaridan ilhomlangan holda yaratilgan.
Futbolka oq rangga ega bo'lib, u qizil qo'shimchalar bilan uyg'un ravishda to'ldirilgan. Matoda "Enfild" stadionidagi o'yinlarning eski chiptalari elementlaridan iborat yarim shaffof naqsh ko'zga tashlanadi. Mazkur o'yin futbolkisi qizil short va oq getralar bilan to'ldiriladi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida "Liverpul" chempionat turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallagandi.






