Infantino jahon chempionatidagi ulushlarni xususiy investorlarga sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 11:52
FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatidagi ulushlarni xususiy investorlarga sotmoqchi, deb xabar beradi The Times.

Reja FIFAning erkaklar va ayollar o'rtasidagi asosiy turnirlari – jahon chempionati va klublar o'rtasidagi jahon chempionatini boshqaradigan kompaniyani tashkil etishni nazarda tutadi. Muhokamalar jarayonidan xabardor ikki manbaning ma'lum qilishicha, ushbu loyiha yuzasidan AQSH prezidenti Donald Tramp mamuriyatiga yaqin kishilar bilan maslahatlashilgan. FIFAda investiciya guruhini Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi Djoshua Kushner tomonidan asos solingan Thrive Capital kompaniyasi boshqarishi kutilayotganini tasdiqladi. FIFAning 211 ta milliy assotsiatsiyasi va a'zolarining har biri qiymati taxminan 20 million dollarni tashkil etishi mumkin bo'lgan o'z ulushiga ega bo'ladi. Assotsiatsiyalar qo'shimcha daromad olish uchun bu ulushni saqlab qolishlari yoki uni sotishlari mumkin bo'ladi. Manbalarning so'zlariga ko'ra, hozirda 56 yoshda bo'lgan Infantino o'zining so'nggi prezidentlik muddati tugaganidan keyin yangi kompaniyaga komissar etib tayinlanishi rejalashtirilgan. Uning FIFA prezidenti lavozimiga muqobilsiz qayta saylanishi va 2031 yilgacha o'z lavozimida qolishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times