

Angliya klubi va futbolchi o'rtasidagi shartnoma hali kelishib olinmagan, klublar o'rtasidagi muzokaralar esa endigina boshlanmoqda.
Avvalroq francuz vingeri "Pari Sen-Jermen" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani ma'lum bo'lgan edi. Shundan so'ng 23 yoshli futbolchi "Liverpul"ga o'tishga rozilik berdi.
Xabar qilinishicha, ayni damda klublarning poziciyalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilmoqda: PSJ Barkolyani kamida 120 million evroga baholamoqda, "Liverpul"ning takliflari esa bundan ancha past. Hozirgi vaqtda parijliklar klubda yanada muhimroq rol o'ynashni xohlayotgan futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.



