Sanjar Asqaraliev: "Neftchi" kecha o'ziga o'xshamadi"

Iskandarov Abdulaziz
29 iyul 2026, 11:30
Vodiy derbisi o'zbek futbolining o'ziga hos bezagi hisoblanadi.

Kecha bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvi yuqorigi maqomga mos tarzda shiddatli ruhda o'tdi (1:1). Tabiiyki, bunday to'qnashuvlar mutaxassislarda ham iliq taassurot qoldirdi. O'z vaqtida ikki jamoada to'p tepgan Sanjar Asqaraliev bu borada xulosalarini bildirdi. 

“Kecha haqiqiy vodiy derbisini ko'rdik. 90 daqiqa davomida barchani hayajonda ushlab turdi. Stadiondagi bunday ajoyib muhitda rohatlanib futbol ko'rdik”, - deydi Sanjar Asqaraliev. 

4812.png

- Sizningcha, natija o'yinga mos bo'ldimi? 

- Natijaga kelsak, ikki jamoada ham vaziyatlar ko'p sodir etildi. Ochig'ini aytganda bu derbida darvozabonlar qahramonga aylandi. O'tkir Yusupov ham, Botirali Ergashev ham ko'p vaziyatlarda qutqardi. 

- “Navbahor”ga nima yetishmayapti? 

Fikrimcha, "Navbahor"ga barqarorlik yetishmayapti. Deylik kecha, oldin "Paxtakor" bilan qanday o'ynadi? OKMK, "Qizilqum" bilan esa boshqa o'yin bo'ldi. Yangi futbolchilarga biroz vaqt kerak deb o'ylayman. Barqarorlikka chiqib olsa, jamoa o'z o'rnini topib oladi. 

- “Neftchi”ning ko'rsatgan o'yini haqida nima deya olasiz? 

- "Neftchi" aynan barqaror jamoaga aylandi. Har bir poziciyada tajribali nomlar bor. Lekin kecha jamoa o'ziga o'xshamadi. Xatolar ko'p kuzatildi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia