"Beshiktosh" direktori Ozen: "Saloh bilan uch marta uchrashdik. Bizning taklifimiz stol ustida, yangisi bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 12:22
"Beshiktosh" direktori Onder Ozen klub Muhammad Salohni o'z safiga qo'shib olishga urinayotganini tasdiqladi.

"Biz Saloh bilan aloqaga chiqdik va moliyalashtirish modeliga ham to'xtaldik. Saloh – jahon darajasidagi o'yinchi va hurmatga sazovor sportchi. Biz u bilan muzokaralarning moliyaviy tafsilotlariga chuqur kirmasdan, uch marta uchrashdik. Shu paytgacha hamma narsa silliq ketayotgan edi. Moliyaviy muhokamalar boshlangani hamono jarayon sekinlasha boshladi (21 iyul holatiga ko'ra). Amalda ham ma'lumot almashishni, ham moliyaviy tomonni muhokama qilishni to'xtatib qo'ygan talablar paydo bo'ldi. Men Saloh kabi hurmatga sazovor sportchi bu talablardan xabardor bo'lmagan deb taxmin qila olaman.

Menda [yangi taklif bo'lishi yoki bo'lmasligi haqida] "ha" yoki "yo'q" deyish imkoniyati yo'q. "Beshiktosh"ning qilgan taklifi stol ustida turibdi. Agar unga javob kelsa, uni ko'rib chiqish mumkin bo'ladi. Lekin "Beshiktosh" yangi taklif kiritmaydi. Ular boshqa klub bilan ham muzokaralar olib borayotganini aytishdi. Ehtimol, u yerda kelishuvga erishishar", – dedi Ozen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik