"Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi

Administrator
5 avg 2026, 00:51
Klub futbolchi uchun kattagina summa xohlayapti.

Shu hafta Real va Vinisius Junior vakillari o'rtasida 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha hal qiluvchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Avvalroq Real 26 yoshli vingerga yiliga 22 million evro maosh taklif qilgani, biroq braziliyalik 30 mln istayotgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, futbolchi Madrid bilan shartnomasini uzaytirgach, o'z imij huquqlariga 100% egalik qilishni xohlamoqda va Kilian Mbappeniki kabi ko'tarma pul talab qilmoqda.

ESPN klubdagi manbasiga tayanib, tomonlar o'rtasidagi uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tishi kerakligini ma'lum qildi. Futbolchi tomonidagi manba esa uchrashuvning aniq kunini aytmagan holda, uning shu haftada o'tkazilishini tasdiqladi.

Realda bosh skaut Xuni Kalafat Vinisius bilan yangi shartnoma imzolash tarafdori. Qaymoqranglilar o'zlarining so'nggi taklifini oshirmasligi, o'yinchining talablari va klub shartlari o'rtasidagi tafovut esa jiddiyligicha qolayotgani takidlanmoqda.

Manbalarning nashriga ma'lum qilishicha, futbolchi va uning agentlari yangi shartnoma Vinisiusning faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishiga ishonmoqda. Ularning fikricha, Madrid braziliyalikning 2018 yildagi transferidan buyon klub rivojiga qo'shgan hissasini, jumladan, Chempionlar Ligasining ikkita finalida urgan gollarini ham inobatga olishi kerak.

Shuningdek, manbaning ESPN'ga xabar berishicha, agar shartnomani uzaytirishning iloji bo'lmasa, o'yinchining amaldagi kelishuvi tugashiga atigi bir yil qolganiga qaramay, Real Vinisius uchun taxminan 150 million evro olishni mo'ljallamoqda. Braziliya terma jamoasi futbolchisiga Arsenal jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif