

Braziliyalik futbolchi 2 avgust kuni kechqurun Madridga qaytishi va ertasi kuni Joze Mourinyu qo'l ostida ish boshlashi kerak. Hujumchi avval murabbiy bilan, keyin esa klub rahbariyati bilan o'z rejalarini muhokama qilmoqchi.
Vinisiusning shartnomasi 11 oydan keyin tugaydi. "Real" shartnomani uzaytirishni mo'ljallamoqda, biroq taklifni futbolchi tomoni so'ragan miqdorgacha oshirmoqchi emas. Agar kelishuvga erishilmasa, madridliklar endi futbolchini sotishni istisno qilishmayapti.
Klub "Arsenal"ning rasmiy qiziqishi haqida bilmaydi. Vinisius vakillari ham londonliklar bilan kelishuvga erishganini rad etmoqda.



