

Osiyo futbol konfederatsiyasida Janni Infantinoning 2027 yil mart oyida FIFA rahbari lavozimiga qayta saylanishini qo'llab-quvvatlash masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
The Guardian nashrining yozishicha, OFK avvalroq FIFAning jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejalariga ochiqchasiga qarshi chiqqaniga qaramay, bir qator davlatlar, jumladan, Qatar, BAA, Shri-Lanka, Livan, Kuvayt va Butan tashkilot rahbarligi uchun bo'lajak saylovda Infantinoni qo'llab-quvvatlashini bildirgan. OFKning aksariyat a'zolari, jumladan Saudiya Arabistoni bu masala bo'yicha o'z fikrini bildirmagan va UEFA ularning ko'magiga umid qilmoqda.
Shuningdek, tarkibiga 11 ta milliy assotsiatsiya kiruvchi Okeaniya futbol konfederatsiyasi Infantinoga ishonch masalasida hali bir qarorga kelmagani qayd etilgan. Yangi Zelandiya futbol assotsiatsiyasi vakili Endryu Pragnell Okeaniya mamlakatlarini yagona poziciyani egallashga chaqirgan.



