

Bu haqda "kanonirlar" yangiliklariga ixtisoslashgan "HandofArsenal" akkaunti X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchining agentligi "Arsenal"ning "hayratlanarli" taklifini qabul qilishga tayyor va "Real"ni tark etish bo'yicha madridliklar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Avvalroq OAVda London klubi 26 yoshli vinger transferi uchun 105 million funt (123 million evro) taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi. Biroq "Real" hujumchining ehtimoliy sotuvidan taxminan 137 million funt (160 million evro) ishlab olmoqchi.
Vinisius 2018 yilning yozidan beri Madrid klubi safida o'ynaydi. Ushbu davr mobaynida hujumchi barcha musobaqalarda 375 ta o'yinda ishtirok etib, 128 ta gol va 100 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Igrokning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.



