Jamoliddin Rahmatullaev: "O'yinni yomon boshlamagandik. Birinchi taymdagi ikkita gol va qizil kartochkalar vaziyatni o'zgartirib yubordi"

Administrator
5 avg 2026, 00:01
Proliga 13-turidan o'rin olgan "Respublika FA" - "G'azalkent" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Nima deyish mumkin, hisob aytib turibdi. Yomon boshlamagandik, lekin shunaqa o'yinlar bo'lib turadi. Xuddiki o'yinni nazorat qilayotgandek ko'rinasiz, lekin raqib o'zining kam sonli hujumlarini realizaciya qiladi va keyin bu psixologiyaga ta’sir qiladi. Birinchi bo'limda ham yaxshi o'ynayotgan edik, lekin raqib o'z gollarini urdi. O'yinga mos hisob bo'ldi deb o'ylamayman. Ikkinchi bo'limda esa qizil kartochkalar hal qildi va uchrashuv buzilib ketdi. Bu haqda nimadir deyish qiyin.

- Sizning jamoangiz Proligadagi eng tartibdi jamoa edi. Kartochka olish bo'yicha ham eng kam ko'rsatkichlardan biriga ega edi. Bugun esa buni teskarisi bo'ldi, bu nima bilan bog'liq?

- Agar qizil kartochka bo'yicha fikr bildirsak, birinchi qizil berilgan holatni men to'liq ko'rib olishim kerak. Lekin birinchi taassurotdan ko'rinishicha, u yerda futbolchi to'pga o'ynashga harakat qilgandi. Bunday holatda ham penalti ham qizil berilmaydi. Agar o'yinchini to'pga umuman imkoniyati bo'lmaganda, tushunsa bo'lardi. Ikkinchi qizil kartochkada esa menimcha birinchi raqib o'yinchisi qo'l ko'targandi. Lekin ikki futbolchi ham qizilga munosib harakat qilishdi. Shu holatlarda so'ng, birinchi bo'limdagi gollardan so'ng futbolchilarim psixologik tomondan, intizom tomondan o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborishdi.

- Bugungi o'yinda himoyachilaringiz birinchi marta to'p tepayotgandek ko'rinishdi. Oddiy holatlarda ham gollarga sababchi bo'lishdi. Bu n-ima bilan bog'liq?

- Qaysi vaziyatda bunday bo'ldi? Ko'p aytaman, bu futbolchilar o'tgan yili birinchi ligada o'ynagan yigitlar. Biz hozirda o'zimizning darajadan ancha yuqori saviyada futbol o'ynayapmiz. Bu musobqa ham yuqori saviyada. Bundan boshqa sabablar ham bor. Ayrim futbolchilar endi Proligada o'ynashyapti. Tajriba orttirish lozim. Bizda nima imkoniyat bo'lsa, shu ko'rinadi, biz aldolmaymiz. Uzoq muddatli turnirda ko'p narsa rol o'ynaydi. Zaxira o'rindig'i ham muhim. Shu paytga qadar ikkita to'p farqi bilan ham deyarli yutqazmagandik. Bugun esa yirik hisob.

Yirik hisob bo'lgandan keyin, oldinga o'tishga harakat qilindi. Agarda himoyaga yotib olganimizda, balki bunday hisob bo'lmasdi. Yigitlar bir kishi kam bo'lib qolgandan keyin ham hisobni qisqartirishga urinishdi, bu esa aks ta’sir bermay qolmadi. Raqib zaxira o'rindig'idagi futbolchilar ham maydonga tushib, o'yinni kuchaytirganini tan olish kerak. O'yin tempini oshirib yuborishdi. Shu narsa katta ta’sir ko'rsatdi.

- Ikkita pas o'ynaydigan jamoaga bugungi maydon holati ta’sir o'tkazmadimi?

- Bundan battar maydonlarda ham o'ynaganmiz. Keyingi turni katta ehtimol bilan "Aral" maydonida bo'ladi, stadionimiz yopiladi. "Do'stlik"da ko'p o'yinlar o'tkazildi, shu sabab holat yomonlashib qoldi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia