Bobur Abdurahmonov: "Yigitlardan ko'nglim to'ldi”

Administrator
4 avg 2026, 23:17
Proliga 13-turidan o'rin olgan "Kattaqo'rg'on" - "Paxtakor FJ" (2:0) uchrashuvidan so'ng “Paxtakor FJ” bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi bo'lib bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Yigitlarning harakatidan, futbol o'ynashganidan ko'nglim to'ldi. Faqat yana o'sha gap - oxirida ozgina kuchimiz yetmadi. "Kattaqo'rg'on" jamoasi bugun himoyaga yotib, qarshi hujumda o'ynad. Shunga yigitlar ozgina qiynalishdi, endi buning ustida yana ishlaymiz.

- Jamoada futbolchilar bir-birini juda yaxshi tushunyapti, kombinaciyalar ham tizimli yo'lga qo'yilgan. Lekin hujumga nuqta qo'yuvchi, zarba beruvchi futbolchi yetishmayotgandek...

- Buning ustida ishlayapmiz. Hozir yana bir-ikkita yangi futbolchi oldik, Xudo xohlasa, ushbu yigitlar oldingi chiziqdagi hujumlarimizni kuchaytiradi degan umiddaman.

- O'rinbosarlar tarkibiga berib yuborilgan futbolchilarning o'rniga akademiyadan yoshlar jalb etiladimi?

- Ha, hozir tarkibimizga 2009 yilda tug'ilgan uch nafar futbolchini jalb qildik. Ungacha 2008-yilgi yigitlar edi, jamoamiz yanada yosharmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia