

"ESPN" xabariga ko'ra, jahon chempionati yakunlanganidan so'ng klub qariyb bir yildan beri to'xtab qolgan muzokaralarni qayta tikladi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya klubi moliyaviy shartlarni yaxshilagan. Endi Vinisiusga yiliga 22 million evro miqdorida ish haqi taklif qilinmoqda, vaholanki avvalroq kamroq summa haqida gap borgan edi.
Biroq taklif baribir futbolchini qoniqtirmayapti. Xabar qilinishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi bir mavsum uchun taxminan 30 million evro olishni mo'ljallamoqda. Hozirda uning yillik maoshi taxminan 17,5 million evroni tashkil etadi.
Vinisiusning "Real" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Agar kelishuv uzaytirilmasa, yanvar oyidan boshlab futbolchi boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi va dastlabki shartnomani imzolashi mumkin bo'ladi.



