

- O'yin haqida
- Bu o'yinga jiddiy tayyorlangandik. Chunki raqib jamoa va biz o'xshashmiz. "Respublika FA" davlat loyihasi, biz esa xususiy jamoamiz. Lekin ikki jamoada ham deyarli tengdoshlar o'ynashadi. Bu ikki klub bir biriga juda o'xshash. O'yinga kelsak, bugun bolalar borini berishdi va haqli g'alabaga erishishdi.
- Bugun har bir goldan keyin futbolchilaringiz tribuna tomon qandaydir ishoralar qilishdi, xuddi yutqazyotgandek to'pni markazga olib kelib qo'yishdi. Bunga sabab nima bo'ldi?
- Bugun yigitlarning motivaciyasi o'ta yuqori edi. Shu sabab bo'ldi.
- Bugun intrigaga boy o'yin bo'lishi kerak edi, lekin bunday hisob qayd etilishini hech kim kutmagandi. Bu sizning jamoangizni ishtiyoqi bilan bog'liqmidi yo raqibning o'yini chiqmagani bilanmi?
- Raqib jamoa haqida bir nima deya olmayman. Lekin biz bu o'yinga juda jiddiy tayyorlangandik. Yilning boshidan beri parallel rivojlanib kelayotgan ikki loyiha edi bugungi ikki jamoa. Yigitlar o'z kuchini maydonda ko'rsatdi.
- Jamoaning bazi bir yetakchi futbolchilari ketishi haqidagi xabarlar qanchalik rost?
- Vaqti kelsa barchasini bilib olasiz, hozir hech narsa deya olmayman. Lekin ikki uch nafar o'yinchilarimiz ketishi kutilmoqda. Bugun ularni o'rnini bosadigan yigitlarni ko'rdingiz. Jamoamizning falsafasi ham shunday - bolani rivojlanadi, ketadi, o'rniga yangisi keladi. Tizimga tushib oldik, endi ko'proq futbolchilarni tarbiyalashga harakat qilamiz.



