Sergey Lebedev: "Birinchi taymda ikkita gol urganimiz yaxshi bo'ldi"

Administrator
4 avg 2026, 21:30
Proliga 13-turidan o'rin olgan "FarDU" – "TerDU" (5:1) uchrashuvidan keyin "FarDU" bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda yigitlardan minnatdorman, bugun futbolchilarimizning o'yinga bag'ishlashi ajoyib bo'ldi. Birinchi taym qiyin o'tdi, chunki raqib himoyaviy o'ynadi. Lekin ikkita gol urib olganimiz yaxshi bo'ldi. Tanaffusdan keyin raqib hujumga o'tishga majbur bo'ldi, bu esa bizga qo'l keldi. Yana bir bor yigitlarga oxirigacha kurash olib borishgani uchun rahmat. Stadionga kelgan muxlislarga o'yin yoqdi deb o'ylayman. Hammaga katta rahmat.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif