"Arsenal" Vinisius uchun "Real"ga 135 million evro taklif qildi

3 avg 2026, 00:45
"Arsenal" "Real"ga hujumchi Vinisius Junior uchun 135 million evroga taklif qildi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, bonuslarni hisobga olgan holda bitim summasi 145 million evrogacha oshishi mumkin. Qayd etilishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi APLga o'tishga tayyor. Futbolchi "Real"ning shartnomani uzaytirish bo'yicha so'nggi taklifini qabul qilmadi.

Vinisius 2018 yilning yozidan beri "Real" safida o'ynamoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal