"Liverpul" Konatening o'rniga to'rt nafar himoyachini ko'rib chiqmoqda

10 iyun 2026, 09:35
"Liverpul" markaziy himoyachi Ibraima Konate klubni tark etganidan so'ng jamoa mudofaa chizig'ini qayta qurishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Konatening o'rniga nomzodlardan biri sifatida "Sporting"ning 24 yoshli himoyachisi Gonsalu Inasiu ko'rib chiqilmoqda. Futbolchining to'pni oldinga surish va hujum boshlash qobiliyati alohida qayd etilgan.

Shuningdek, mersisaydliklar "Napoli" futbolchisi Sem Byokemaga ham qiziqish bildirishmoqda, biroq u ustuvor nomzod emas. Bundan tashqari, "Tottenxem"ning 19 yoshli o'yinchisi Luka Vushkovichni sotib olish varianti ham o'rganilmoqda.

"Liverpul" skautlari "Nottingem Forest" a'zosi Murillo bo'yicha ham ishlarni faollashtirishgan. Manbaning takidlashicha, braziliyalik himoyachi APLdagi tajribasi va jismoniy baquvvatligi tufayli Andoni Iraola jamoasiga juda foydali bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caught Offside