

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, 27 yoshli futbolchining "Qirollik klubi"dagi maoshi qariyb 12 million evroni tashkil qiladi. Konate "Liverpul"dagi oxirgi mavsumida ham taxminan shuncha maosh olgan. Fransiyalik futbolchi 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
"Liverpul" 31 may kuni Konate bilan hamkorlik to'xtatilganini e'lon qilgan edi. Himoyachi mersisaydliklar safida 2021 yilning yozidan buyon o'ynab kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 183 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.



