

Klubning asosiy maqsadi - "Bavariya" o'ng qanot hujumchisi Maykl Olise. "Real" prezidenti Florentino Peres fransiyalik futbolchi uchun 200 million evrodan ortiq mablag' taklif qilishni rejalashtirmoqda. Transfer summasi taxminan 220 million evroni tashkil etishi mumkin.
Shuningdek, madridliklarning "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandesga bo'lgan qiziqishi davom etmoqda. Avvalroq argentinalik futbolchining transferi qariyb 140 million evroga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Real" ushbu ikki transfer uchun jami 360 million evro ajratishi uchun jamoaning yetakchi futbolchilaridan birini sotishiga to'g'ri kelishi mumkin. Manbalarga ko'ra, 2026/27 yilgi mavsumda jamoada Federiko Valverde, Orelen Chuameni yoki har ikkisi ham qolmasligi ehtimoli bor.



