Rasmiy xabar: "Nasaf" va "Andijon" sobiq futbolchilari legionerga aylandi. Ular bitta klubda o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2024, 12:35
O'zbekistonlik yarim himoyachi Shohmalik Komilov va hujumchi Malikshoh Rasulov faoliyatini Gruziyada davom ettirishadi.

Yozgi transfer oynasi vaqtida "Buxoro" bilan xayrlashgan Shohmalik Komilov Gruziyaning "Merani Martvili" klubi bilan shartnoma tuzdi. 



O'z vaqtida "Andijon"da o'ynagan Malikshoh Rasulov Qirg'izistonning "Alay" klubidan "Merani"ga ko'chib o'tdi. 




O'zbekistonlik yana bir futbolchi Javohir Esonqulov to'p tepayotgan mazkur klub Gruziya uchinchi divizionida ishtirok etadi.

"Merani" ikkinchi davradagi ilk uchrashuvni 29 avgust kuni o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia