

Eronning Varzesh3 nashri xabar berishicha, o'zbekistonlik futbolchining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bartaraf etilgan va u "Nasaji"ga qarshi o'yinda ishtirok etishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, O'runov "Fulad"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi. "Persepolis" bosh murabbiyi Mehdi Tartar futbolchining salomatligi bilan tavakkal qilmaslik maqsadida uni o'yin qaydnomasiga kiritmagan edi.
Endilikda O'runovning holati yaxshilangan va u shanba kuni bo'lib o'tadigan "Nasaji"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam berishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Persepolis" Eron chempionatining so'nggi turida o'z maydonida "Fulad"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay, Mehdi Tartar shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.



