

Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 27 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolash tarafdori. Portugaliyalik mutaxassis uning maydondagi katta hajmdagi ishi va yakkakurashlardagi qobiliyatini alohida qadrlaydi. Argentinalikning "Liverpul" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, ayni damda mersisaydliklarda uni uzaytirish bo'yicha aniq rejalar mavjud emas.
Mak Allister 2023 yilning yozidan buyon ingliz klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.



