RFEF "Barselona"ni 602 evro jarimaga tortdi

Administrator
27 okt 2026, 21:22
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishga urinish bilan bog'liq vaziyat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar yakuniga ko'ra "Barselona"ni jarimaga tortdi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati vaqtida argentinalik futbolchi "Atletiko"ni tark etish istagida ekanligini ma'lum qilgan edi - Kataloniya klubi uni sotib olishga urindi, biroq transfer amalga oshmadi. Madridliklar o'z raqiblarini etika qoidalarini buzishda ayblab, federatsiyaga shikoyat qilgan.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, RFEF musobaqa reglamentining "ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, kelishuvlar yoki meyoriy majburiyatlarni bajarmaslik" haqidagi 133-moddasiga asosan "Barselona"ga 602 evro miqdorida jarima soldi.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyatda FIFA vakolatga ega bo'lmagani sababli o'z surishtiruvini boshlay olmagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo