"Nasaf" – "Al Kuvayt" uchrashuvini qatarlik hakamlar boshqaradi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2026, 16:26
Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" va Kuvaytning "Al Kuvayt" klublari o'rtasidagi uchrashuvga hakamlar brigadasini tayinladi.

Mazkur bahsni qatarlik hakamlar brigadasi boshqaradi.

3.jpg

Uchrashuvda Abdulhodi Ar Ruvayliy bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Yusuf Orif Ash Shammariy va Zohiy Sanad Ash Shammariy yordam beradi.

To'rtinchi hakam sifatida Muhammad Al Mazid faoliyat yuritadi.

Ma'lumot uchun, "Nasaf" va "Al Kuvayt" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi ertaga, 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al Sharq