China Media Group Mbappening uzriga munosabat bildirdi: "Bu "Real", La Liga va Kilianning o'zi uchun saboq bo'ladi deb umid qilamiz"

Administrator
27 okt 2026, 22:15
Xitoy davlat teleradiokompaniyasi hisoblanmish China Media Group "Real" hujumchisi Kilian Mbappening Mao Czedun haqidagi fikrlari ortidan so'ragan uzriga javob qaytardi.

Oldinroq Mbappe o'zini diktator sifatida tasvirlagan memlar haqida fikr bildirgan edi: "Meni Xitoy diktatori qiyofasida gavdalantirishgani eng ko'p kulgimni qistatdi. Do'stlarim bilan suhbatda bundan tez-tez foydalanib turaman". Shundan so'ng Xitoyning uchta kompaniyasi futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatdi, mamlakat hududida esa La Liga o'yinlari translyatsiyasi vaqtincha to'xtatilib, Kilian ishtirokidagi reklamalar efirdan olib tashlandi. Keyinchalik Mbappe o'z izohini "o'ylamay aytilgan" deb atab, ommaga rasman uzr so'radi.

""Real" o'yinchisi Kilian Mbappe Xitoy haqidagi noo'rin so'zlari uchun omma oldida uzr so'raganidan so'ng, China Media Group vakili ushbu ma'lumot qabul qilinganini ma'lum qiladi. So'zlar muhim bo'lsa-da, harakatlar ham undan kam ahamiyat kasb etmasligini takidlaymiz hamda La Liga, "Real" va Mbappening o'zi bu holatdan to'g'ri xulosa chiqarib, chin dildan uzr so'raydi va o'z xatolarini tuzatadi deb umid qilamiz", - deyiladi teleradiokompaniya bayonotida.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Dongqiudi