Mbappe Xitoydagi FC Online va PES futbol simulyatorlaridan olib tashlanadi

Administrator
27 okt 2026, 22:43
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Xitoydagi videoo'yinlar industriyasida sankciyalarga uchradi.

Footmercato nashrining xabar berishicha, FC Online va PES futbol simulyatorlarining xitoycha talqini noshirlari forvard bilan bog'liq barcha o'yin kontentini to'liq o'chirib tashlash qarorini e'lon qilishdi.

Cheklovlar o'yin ichidagi kartochkalar, hujumchining raqamli modellari va uning ishtirokidagi har qanday reklama materiallariga taalluqlidir. FC Online dasturchilari futbolchini o'yindan to'liq chiqarib tashlaydigan maxsus yangilanish tayyorlanayotganini ma'lum qilishgan.

"Sport milliy chegaralardan ustun turadi, biroq o'zaro hurmat har doim saqlanib qolishi shart", - deya PES noshirining rasmiy izohini keltiradi nashr.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Kilian Mbappe o'zining eng sevimli memi sifatida Mao Czedun nazarda tutilgan "Xitoy diktatori qiyofasida"gi tasvirini tilga olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Footmercato