

Mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tdi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, ikkinchi o'rinni "Real" va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe egalladi. Uchinchi o'rinda esa "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal qayd etildi.

"Harri Keynni "Oltin to'p" uchun kurashdagi g'alabasi bilan chin qalbdan tabriklayman! Ajoyib yutuq va u bunga to'liq loyiq edi.
Ajoyib sardor, mohir futbolchi hamda butun dunyo bo'ylab futbol muxlislariga shunchalik ko'p unutilmas lahzalarni taqdim etgan inson", – deya Uels shahzodasining so'zlarini keltiradi BBC.



