Pochettino JCHdan so'ng A Seriya grandini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 12:15
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino Jahon chempionatidan keyin "Milan"ni boshqarish ehtimoli bor.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 54 yoshli argentinalik mutaxassis o'tgan hafta AQSH terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanishidan oldin "Milan" rahbariyati bilan uchrashgan.

25 may kuni "Milan" bosh murabbiy Massimiliano Allegri, bosh direktor Jorjo Furlani, sport direktori Igli Tare va texnik direktor Jeffri Monkada ishdan bo'shatilganini e'lon qildi.

"Milan" A Seriyada 70 ochko bilan 5-o'rinni egalladi va keyingi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynamaydi.

AQSH terma jamoasi JCH "D" guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiyaga qarshi o'ynaydi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic