Lotar Matteus JCH-2026 favoritlari bo'yicha fikr bildirdi

12 iyun 2026, 01:45
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteus 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlari haqida fikr bildirdi.

1990 yilgi jahon chempionining fikricha, turnirning asosiy favoritlari - Ispaniya va Fransiya. Angliya esa ulardan keyingi o'rinda turadi.

"Germaniya yarim finalgacha yetib boradi, ammo u yerda yana Ispaniyaga mag'lub bo'ladi.

Germaniya terma jamoasining eng katta muvaffaqiyatlarida har doim "Bavariya" futbolchilari yoki shu klub tarbiyasidan o'tgan o'yinchilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun bu safar ham "Bavariya" futbolchilari mas'uliyatni o'z zimmasiga olib, jamoani ortidan ergashtirishi muhim.

Ijobiy tomoni shundaki, Noyer qaytdi. Bundan tashqari, Kimmix va Ta kabi yetakchilar bor. Musiala ham jamoaning muhim figurasi, garchi u hali men bilgan eng yaxshi formasiga to'liq qaytmagan bo'lsa ham", - dedi Matteus.

Matteusning taxminiga ko'ra, Germaniya yana yaxshi natijalar qayd etadi, ammo chempionlik uchun asosiy da'vogarlar Ispaniya va Fransiya bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As