

Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano xabar tarqatdi.
Parij klubi Birmingem jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 10 million evrodan kamroq miqdordagi tovon pulini to'lashi haqida xabardor qilgan. 32 yoshli fransiyalik futbolchining o'zi bilan ham shaxsiy kelishuvga erishilgan.
Qayd etilishicha, Din PSJda zaxira o'yinchisi bo'lish roliga rozilik bergan. Jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi sifatida Nunu Mendesh qolishi kutilmoqda.



