

"Biz kelganimizdan beri boshlagan muhim bir kurash bor. Ispaniya, Argentina, Angliya va Fransiyadagi o'ziga ishonchni tushunaman. Ammo bazida shunday fikr paydo bo'ladi: "Biz Amerikamiz. Biz dunyodagi birinchi raqamli davlatmiz. Eng katta va eng yaxshi mamlakatmiz. Biz kurashamiz va g'alaba qozonamiz. Oyga birinchi bo'lib chiqqanmiz. Basketbol, xokkey va beysbolda dunyoning eng yaxshisimiz. Nega futbolda ham g'olib bo'lmasligimiz kerak?" To'xtang, to'xtang! Dunyoning eng kuchli basketbol ligasi qayerda o'ynaladi? AQSHda. Ular o'zlarini jahon chempionlari deb atashadi. NFLda ham xuddi shunday.
Futbolda esa sen 100 yillik tarixga qarshi raqobat qilasan va bu juda ajoyib. Argentina, Braziliya, Angliya va Ispaniya kabi terma jamoalar uchun g'alaba hayot-mamot masalasi hisoblanadi. Ulardagi g'oliblik ruhi va o'ziga ishonch juda ta’sirli.
Biz ham shunday ruhni shakllantirishimiz kerak, ammo ayni paytda muvozanatni saqlash muhimroq. Biz o'z yo'limizni endi-endi topib boryapmiz. Eng muhimi, futbolchilarni o'zimizga ishontirish", - dedi Pochettino.
AQSH termasi JCH guruh bosqichida Paragvay, Avstraliya va Turkiya termalari bilan bahs olib boradi.



