

Xorvatiyalik futbolchi klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi va unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Avvalroq "Tottenxem"ga o'yinchi uchun 46+4 million funt sterling to'lanishi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, "shporlar" himoyachining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush olishadi.
Vushkovich o'tgan mavsumni ijara asosida "Gamburg"da o'tkazdi. U Bundesligada 28 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



