"So'g'diyona" 6 nafar futbolchi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi
14 iyul 2026, 17:01
"So'g'diyona" mavsumning ikkinchi qismidan oldin bir nechta futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Jizzaxliklar Milan Mitrovich, Shohjahon Sultonmurodov, Behruz Jumatov, Zenan Zaymovich, Behruzbek Asqarov va Jamshid Boltaboevni o'z saflariga qo'shib olishdi. "Bo'rilar" barcha futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashdi.