"Hayotimdagi eng hayajonli sayohat". Erling Xoland - JCH-2026 haqida

14 iyul 2026, 16:40
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland jamoaning jahon chempionatidagi ishtirokidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

U chorak finalda Angliya terma jamoasidan uchralgan alamli mag'lubiyatga qaramay, ushbu turnirni hayotidagi eng yaxshi sayohat deb atadi.

"Bu hayotimdagi eng ajoyib haftalar va eng hayajonli sayohat bo'ldi. Bu mutlaqo aql bovar qilmas darajada edi - hozir buni anglash qiyin bo'lyapti. Inson o'zini biroz bo'shashib qolgandek his qilarkan. Agar ushbu 40 kunni tezlikda sarhisob qilsak, bu shunchaki telbalik bo'ldi.

Bu aqldan ozar darajada edi. Maydondagi o'yinlar - bu bir masala. Braziliya ustidan qozonilgan g'alaba - bu umuman boshqa narsa. Ammo, menimcha, meni eng ko'p to'lqinlantirgan narsa - Norvegiyani qanday ulug'laganimiz bo'ldi. Nazarimda, bu Norvegiyani o'zgartirdi. Bu meni ham o'zgartirdi, deb o'ylayman. Buni anglab yetish ancha qiyin… Bu go'yoki biz oxirgi olti hafta davomida uchgan "Amerika tog'lari" (attrakcion) yoki katta bir shoudek gap, chunki hamma narsa juda ko'p edi. Taassurotlar ham, his-tuyg'ular ham juda ko'p bo'ldi!

Futbolchilarning ushbu avlodi shunchaki fantastik. Umid qilamanki, biz bosib o'tgan yo'l Norvegiyadagi yoshlarni ruhlantiradi - ularga Norvegiya terma jamoasi libosida eng katta sahnalarda o'ynash mumkinligini ko'rsatib beradi", - deya Xolandning so'zlarini keltiradi "Goal".

Norvegiya terma jamoasi chorak finalda Angliyaga 1:2 (1:1, qo'shimcha vaqtda 0:1) hisobida imkoniyatni boy berib, jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal