2024 yilgi mavsumning eng chiroyli gol muallifi faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettiradi

14 iyul 2026, 15:09
2024 yil Superliganing eng chiroyli goli muallifi Marko Milichkovich O'zbekistonga qaytmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi faoliyatini yana sobiq jamoasi - Bekobodning "Metallurg" jamoasida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, chernogoriyalik futbolchi 2024 yilda "Metallurg" safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 7 ta gol va 3 ta assist bor. Uning "Paxtakor" darvozasiga chamasi 60 metrdan urgan goli esa Superliganing o'sha yildagi eng chiroyli goli deb tan olingan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia