

"Agar istedod haqida gapiradigan bo'lsak, u Messi, Mbappe, Maradona va Ronaldinyo bilan bir qatorda turadi. Uning mahorati va ko'nikmalari aql bovar qilmas darajada. Ammo futbolda faqatgina istedod va mahoratning o'zi kifoya qilmaydi.
Neymar xuddi Ronaldinyo kabi futbolni sevadi, lekin shu bilan birga o'z madaniyatini ham juda qadrlaydi. U o'ynashni yaxshi ko'radi, ammo raqsga tushishni, biror erga borib dam olishni ham xush ko'radi. U hayotdan o'ziga xos tarzda zavq oladi", - dedi PSJ sobiq ustozi, hozirda AQSH terma jamoasini boshqarayotgan mutaxassis.



