

"FIFA va ushbu jarayonga jalb qilingan barcha insonlar hamma narsani tushuntirib berishdi, qoidalar shunday. Bizga aniq tushuntirish berildi, shuning uchun bu borada qo'shimcha qiladigan gapim yo'q", - dedi Pochettino AQSH prezidenti Donald Trampning Balogunning chetlatilishini qayta ko'rib chiqish iltimosi bilan FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilgani haqidagi iqroriga izoh berib. Pochettinoning so'zlarini jurnalist Ben Jeykobs o'zining X sahifasida keltirgan.



